20 may 16:04
Yangiliklar
SHaxmat

Onlayn shaxmat musobaqasida bosh sovrin bu safar Buxoroga yo'l oladi
SHaxmat bo'yicha havaskorlar o'rtasidagi birinchi onlayn O'zbekiston chempionatining sakkizinchi turniri ham qizg'in va murosasiz kurashlarga boy bo'ldi.
10 imkoniyatdan 9 ochko jamg'argan buxorolik Jabborov Anvar Asror o'g'li sakkizinchi turnirda g'oliblikni qo'lga kiritdi. Yana bir shaxmatchi Timurqulov Alibek ham xuddi shuncha ochko jamg'argandi, ammo chess.com saytining Fair Play jamoasi qo'shimcha koefficientlarga ko'ra g'oliblikni Anvar Jabborovga taqdim etdi.
Takidlash kerak, sakkizinchi turnir g'olibining FIDE reytingida egallab turgan o'rni uning onlayn O'zbekiston chempionati g'olibi bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi.
Eslatib o'tamiz, shaxmat bo'yicha havaskorlar o'rtasida birinchi onlayn O'zbekiston chempionati 11-20 may kunlari o'tkazilib, unda har bir turnir g'olibi uch million so'm miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar