15 may 09:51
Yangiliklar

Onlayn shaxmat musobaqasining uchinchi kunida 9 yoshli bola g'olib bo'ldi
Quvonarlisi, bu safar musobaqa ishtirokchilari soni anchagina ortdi. chess.com saytining Fair Play jamoasi tomonidan taqdim etilgan xulosaga ko'ra uchinchi turnirda bosh sovrin 9 yoshli bola Humoyun Bekmurodovga nasib etdi. Humoyun shaxmat bilan bir necha yildan beri shug'ullanib keladi, reytingdagi ochkosi esa 2010tani tashkil etmoqda.
Yana bir etiborga molik jihat, uchinchi turnirga kelib musobaqa qoidasini qo'pol ravishda buzish holatlari keskin kamaydi, ammo butunlay barham topgani yo'q.
Biz Humoyun Bekmurodovni shaxmat bo'yicha birinchi onlayn O'zbekiston chempionati uchinchi turniridagi g'alabasi bilan tabriklaymiz. Qolganlarga esa halol kurashda chiroyli g'alabaga erishishlarini tilab qolamiz.
Fikrlar