05 sen 13:28
Yangiliklar
Futbol

O'pka kasalligiga uchragan Sarri ishga qaytdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri chorshanba kuni jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Sarri o'pka yallig'lanishi natijasida A Seriyaning dastlabki ikki turida jamoasini boshqara olmadi.
Uch kun dam olgan "Yuventus" futbolchilari bugun yana mashg'ulotlarga qaytgan. Unda milliy terma yig'inlariga chaqirilgan futbolchilar ishtirok etmagan. SHuningdek, Gonsalo Iguain va Duglas Kostaga bosh murabbiy tomonidan dam berilgan. Ular juma kuni yig'inlarga qaytishadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar