So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

16 okt 13:07
Yangiliklar

Boshqalar

Oqoltin tajribasi respublikaga joriy etiladi

Teglar :  Sport vazirligi
Oqoltin tajribasi respublikaga joriy etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning joriy yil 13 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Sardoba, Mirzaobod hamda Oqoltin tumanlari faollari bilan uchrashuvida yurtdoshlarimizni sog'lom turmush tarziga o'rgatish, ularni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb etish, to'g'ri ovqatlanish, aholi, shu jumladan yoshi katta fuqarolarda ortiqcha vazn paydo bo'lishi natijasida qand kasalligi, shuningdek, turli yuqumli bo'lgan kasalliklarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida aholi orasida sog'lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, yurish, yugurish, badantarbiya mashg'ulotlarini keng ommalashtirish hamda ularga jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratdilar.

SHuningdek, har bir mahalla kesimida fuqarolarni arterial qon bosimi, tomir urishi, bo'yi hamda vazni haqida malumotlar bazasini yaratish, har chorakda fuqarolarning salomatligini monitoring qilib borish va pandemiyani jismoniy tarbiya va sport bilan engish bo'yicha Oqoltin tumani namunasini respublikamizga keng joriy etish ham takidlab o'tildi.

Mazkur topshiriq ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi hamkorlikda Oqoltin tumanidagi «Yangi Toshkent» mahallasida tashabbuskor hamda fidoiy trenerlar va hamshiralar ishtirokida har bir fuqaroning arterial qon bosimi, bo'yi, vazni, qorin qismi hajmlari o'lchanib, malumotlar bazasi shakllantirildi. Qolaversa, fuqarolarning sport turlariga bo'lgan qiziqishlari ham o'rganildi.

Oqoltin tumanidagi «Yangi Toshkent» mahallasida jami 7 ta ko'cha (Sergeli, Mirzo Ulug'bek, Uchtepa, Amir Temur, Yunusobod, CHilonzor, Bektemir, Yakkasaroy) mavjud bo'lib, aholining umumiy soni 1 115 nafarni (shundan 578 nafari ayollar), xonadonlar soni 131 tani tashkil etadi.

Tashabbuskor trener hamda hamshiralar uyma uy yurib, jami 687 nafar fuqaroning arterial qon bosimi, bo'yi, vazni, qorin qismi hajmlarini o'lchab chiqishdi. 

SHuningdek, o'tkazilgan so'rov natijasida aholining 164 nafari futbol, 76 nafari voleybol, 43 nafari basketbol, 96 nafari badminton, 82 nafari «Workout», 56 nafari stol tennisi, 34 nafari badiiy gimnastika, 69 nafari boks, 29 nafari kurash va 38 nafari boshqa sport turlariga qiziqishi aniqlandi.

Tadbir davomida ommaviy badantarbiya va yurish tadbirlari tashkil etilib, unga jami 378 nafar ishtirokchi jalb etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing