29 okt 16:40
Yangiliklar
Futbol

“Ordabasi” g'alaba qozondi, Geynrix ikkita penaltidan bittasida gol urdi
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix to'p tepadigan “Ordabasi” Qozog'iston chempionatining so'nggi tur uchrashuvida “Aktobe”ni taslim etdi.
“Ordabasi” so'nggi turdagi g'alabaga qaramay, uchinchi o'ringa ko'tarila olmadi. Sababi, “Irtish” o'z uyida “Astana” bilan durang qayd etdi.
Bu mavsumda “Astana” oltin, “Qayrat” kumush, “Irtish” bronza medallariga ega chiqdi.
“ORDABASI” – “AKTOBE” 2:1
Gollar: Kakimov 6 (0:1), Tolebek 40 (1:1), GEYNRIX 88 (pen, 2:1).
Urilmagan penalti: Geynrix 37.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar