13 mar 19:33
Yangiliklar
Osaka Indian-Uellsdan keyin ham dunyoning birinchi raketkasi bo'lib qoladi
Bu bilan yaponiyalik tennischi o'z chempionlik unvonini himoya qila olmadi. O'tgan yilgi turnirda aynan Osaka bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi. Mag'lubiyatga qaramay, Naomi musobaqa yakunlanganidan keyin ham reyting peshqadamligini saqlab qoladi.
Boisi, reyting karvonboshisi bo'lib olish imkoniyatiga ega bo'lgan chexiyalik Petra Kvitova, amerikalik Sloan Stivens hamda ruminiyalik Simona Xalep ham turnirda mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
BNP Paribas Open turniri yakunida ukrainalik Elina Svitolina, chexiyalik Karolina Plishkova va germaniyalik Anjelik Kerber reytingning ikkinchi pog'onasiga ko'tarilib olishlari mumkin. Faqat buning uchun bu uch tennischidan musobaqa g'olibiga aylanishi talab etiladi.
Fikrlar