24 mar 13:06
Yangiliklar
Tennis
Osaka Mayami turniridan so'ng jahonning birinchi raketkasiga aylanishi mumkin
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Mayamidagi turnir yakunida avstraliyalik Eshli Bartini ortda qoldirib, dunyoning birinchi raketkasiga aylanishi mumkin.
Buning uchun Osaka turnir chempioniga aylanishi, Barti esa finalga ham chiqmasligi kerak. Bu holda Naomi 8770 ochkoga, Eshli esa 2019 yilgi unvonni olib qo'yilganidan keyin taxminan 8196 ochkoga ega bo'ladi.
Ammo, agar Barti finalga chiqsa, unda barcha hisob-kitoblardan so'ng u 8836 ochkoga ega bo'ladi va bu unga jahon tasnifining 1-pog'onasida qolishga imkon beradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar