So’nggi yangiliklar

11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0

31 iyu 17:39
Yangiliklar

Boshqalar

“Osiyo bolalari-2022”: hamyurtlarimizning bugungi natijalari qanday bo'ldi? (+medallar reytingi)

Teglar :  Osiyo bolalari
Rossiya Federaciyasining Vladivostok shahrida o'tayotgan VII “Osiyo bolalari” sport o'yinlarining navbatdagi kuni ham ortda qoldi.

Uch kunlik musobaqalar sarhisobi bizga nima berdi? Ko'zlangan medallar qo'lga kiritildimi?

Ochig'i, 10tadan oshiq davlat, Rossiya Federaciyasining 8ta alohida hududiy jamoalari bilan bellashish natijasida zarur bo'lgan medallar shodasini qo'lga kiritish hamyurtlarimiz uchun oson kechmayotganligi har bir bellashuvda yanada yorqinroq ko'rinib bormoqda.

Bugun, 31 iyul kungi bahslarda yurtimizning yunon-rum kurashi, engil atletika, taekvondo, suzish, stol tennisi vakillari chin manoda jasorat ko'rsatishdi. Yosh sportchilarimiz, ularning murabbiylari sovrinli o'rinlar uchun jon-jahdi bilan bellashganligini qo'lga kiritilgan 4ta oltin, 7ta kumush va 13ta bronzaning salmog'ida ham ko'rish mumkin. Bu Uzoq SHarqning quvonchi O'zbekistonga yaqinligidan darak berayotgandek.

Xususan, yosh klassik kurashchilarimizning 7 nafaridan 5 nafari, engil atletikachilarimizning 7 nafari, taekvodochilarimizning 4 nafari, gimnastikachilarimizning 5 nafari, suzish hamda stol tennisida 1 tadan sovrinli o'rinlarga ega chiqqanligi tahsinga loyiq natija bo'ldi.

Yoshlarimiz Vladivostokda o'tayotgan VII “Osiyo bolalari” o'yinlarining ayrim bahslarida qisman nohaqlikka uchraganligi, rossiyalik hakamlarning bazi vaziyatlarda o'z sportchilariga “elka tashlashlari”ni nazarda tutsak, yurtimiz yoshlari bundan-da yuksak natijalarga munosib deyishimizga barcha asoslarimiz etarli.

G'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan kurashchimiz Husniddin Abdukarimov, engil atletikachimiz Rustam Abdullaev, taekvondochimiz Yodgorbek Zxuraboev, kumush medal egalari Amir Ishonxodjaev, Karina Karimova, Ruxshona Muhammadinova kabi iqtidorli farzandlarimiz O'zbek sportining kelajakdagi yorqin vakillari bo'lishiga shak-shubha yo'q. Yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlardan unumli foydalanilsa, murabbiylarimiz ilg'or tajriba asosida mashg'ulotlarda texnik-taktik usullarni qo'llashda davom etsa, yutuqlar o'z-o'zidan yuz ochaveradi.

Medallar sarhisobiga ko'ra, 20 tadan oshiq jamoalar orasida mamlakatimizning olovqalb sportchilari umumiy hisobda 30 dan oshiq medallar shodasiga ega bo'lgan holda kuchli beshlikda bo'lsa, davlatlar orasida Rossiyadan keyin 2-o'rinni band etib turibdi.

Alohida sport turlari orasida yurtimiz taekvondochilari 1-o'rinda, yunon-rum kurashchilari “Osiyo bolalari” o'yinlarini 2-o'rinda yakunlashdi.

Ertaga, 1 avgust kuni sportchilarimiz engil atletika, stol tennisi va sport kurashlarida medallar uchun bahsga kirishsa, basketbolchi qizlarimiz yarim finalda, yosh futbolchilarimiz saralash musobaqalarida qatnashadi.

Medallar jamg'arish reytingi quyidagicha ko'rinish olgan: 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing