So’nggi yangiliklar

11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0

30 iyu 20:41
Yangiliklar

Boshqalar

“Osiyo bolalari-2022”: ikkinchi kundan keyin O'zbekiston delegaciyasi nechanchi o'rinda bormoqda?

Teglar :  Osiyo bolalari
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federaciyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” sport o'yinlari davom etmoqda.

Ikkinchi kungi bellashuvlarida ham hamyurtlarimiz medallar jamg'arishdi.

-44 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Zebiniso Hoshimjonova barcha raqiblarini mag'lub etib, musobaqa chempioniga aylandi. “Osiyo bolalari” musobaqasida ikkinchi oltin ham ko'p kuttirmadi. Yana bir taekvondochimiz SHamsiddin Qurbonov oltin medalga sazovor bo'ldi. -48 kg vazn toifasida jang qilgan Qurbonov barcha raqiblari ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Laylo Zayniddinova “Osiyo bolalari” musobaqasida kumush medalga sazovor bo'ldi. -55 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yurtdoshimiz, delegaciyamizga ikkinchi kumush medalni keltirdi.

Stol tennisi bo'yicha aralash juftlik bahslarida hamyurtlarimiz Iskandarov SHohruh va Ibodullaeva So'g'diyona tandemi ikkinchi o'rinni egalladi.

Daler Sufyanov suzish musobaqasining 100 metrga batterflyay usulda suzishda 56,67 natija bilan belgilangan masofani uchinchi bo'lib bosib o'tdi va bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Kecha Asadbek Abdumalikov 200 metrga batterflyay usulda suzishda belgilangan masofani ikkinchi bo'lib bosib o'tib, “Osiyo bolalari” xalqaro sport o'yinlarining kumush medalini qo'lga kiritgan edi.

SHu tariqa, “Osiyo bolalari” xalqaro sport o'yinlarida hozircha O'zbekiston terma jamoasi hisobida 6ta medal, yani 2ta oltin, 3ta kumush va 1ta bronza bor.

“Osiyo bolalari” xalqaro sport o'yinlarida bugungi hamyurtlarimizning muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan O'zbekiston kuchli beshlikda o'z o'rnini saqlab qoldi.

Eslatib o'tamiz, “Osiyo bolalari-2022” bahslarida 15 mamlakat, Rossiya Federaciyasining alohida 8 ta okrug va respublika jamoalarining 1350dan ziyod sportchi bolalari qatnashmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing