15 sen 21:05
Yangiliklar

Osiyo chempionati. Eron g'alaba, Hindiston mag'lubiyat bilan boshladi
“A” guruhidan o'rin olgan dastlabki o'yinlarning ikkalasi ham bir xil natija bilan yakunlandi. Eron o'smirlari Saudiya Arabistoni terma jamoasi ustidan 3:2 hisobidagi g'alabaga erishdi.
Musobaqa mezboni Hindiston terma jamoasi esa BAA bilan o'yinda 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Ushbu musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Temur Olimxo'jaev jamoasi 17 sentyabr kuni Tailand terma jamoasiga qarshi ilk o'yinda maydonga tushishadi.
“A” guruhi
ERON – SAUDIYAARABISTONI 3:2
Gollar: Allahyar Sayayad 47, Muhammad Qodiri 69, Alirizo Asadabadi 70 - Mansur Al Beshe 4, Dxari Al Anazi 42.
HINDISTON – BAA2:3
Gollar: Sanjiv Stalin 11, Boris Sing Txangjam 36 - Manae Ayd 34, Majid Rashid 53, Ahmad Favzi 74
Fikrlar