28 okt 07:45
Yangiliklar
Futbol

Osiyo chempionati finalida Yaponiya va Saudiya Arabistoni o'ynaydi
Bahrayn davlati mezbonlik qilayotgan yoshlar (U-19) o'rtasidagi Osiyo chempionatida finalchilar nomi malum bo'ldi.
Dastlabki yarim final uchrashuvida Saudiya Arabistoni terma jamoasi Eron futbolchilari ustidan 6:5 hisobida g'alaba qozongan edi. Ikkinchi yarim finalda Yaponiya yoshlari Vetnam terma jamoasini 3:0 hisobida taslim etishdi.
SHu tariqa, Osiyo chempionatining finalida Saudiya Arabistoni hamda Yaponiya terma jamoalari maydonga tushishadi. Hal qiluvchi bahs 30 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
VETNAM – YAPONIYA0:3
Gollar: Kishimoto 6, Nakamura 10, 51
Havola :
Fikrlar