22 okt 02:25
Yangiliklar
Futbol

Osiyo chempionati. Tojikiston ham chorak finalga chiqdi
Bahrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining guruh bahslari yakuniga etdi.
“D” guruhining so'nggi turida O'zbekiston Xitoy bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Xuddi shu hisob Tojikiston va Avstraliya o'rtasidagi bahsda ham qayd etildi.
Bu natija qo'shnilarimizni chorak finalga olib chiqdi. Endi Tojikiston chorak finalda Yaponiya, O'zbekiston esa Eron bilan o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar