31 okt 08:40
Yangiliklar

Osiyo chempionati (U-19). Yaponiya - chempion!
Hal qiluvchi final uchrashuvida Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari maydonga tushishdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi.
CHempion nomini penaltilar seriyasi aniqlab berdi. Futbol lotoreyasida omad yaponlarga kulib boqdi - 5:3.
YAPONIYA – SAUDIYA ARABISTONI 0:0 (0:0) (penaltilar seriyasi 5:3)
Manama. “Bahrayn Milliy” stadioni. 3460 tomoshabin
Bosh hakam: Hamis Muhammad Al Marri (Qatar)
Yaponiya: Kojima Ryosuke, Fujitani So, Nakayama Yuta, Tomiyasu Takexiro, Miyoshi Koji, Ogava Koki, Sakai Daysuke, Doan Ritsu, Ichimaru Mizuki, Funaki Kakeru, Yuto Ivasaki
Saudiya Arabistoni: Amin Al Buxori, Abdulloh Al Amri, Sami Al Naji, Rakan Al Anaze, Anas Zabbani. Ayman Al Xulayf, Abdulrahmon Al Yami, Muhammad Al Zubaydi, Ali Hassan Al Asmari, Fahad Al Xarbi, Abdulloh Magrshi.
Fikrlar