02 fev 14:19
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Osiyo chempionati. Yana bitta oltin medal qo'lga kiritdik!
Eronda engil atletika bo'yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
			Kecha hamyurtimiz Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqaning oltin medalini qo'lga kiritgandi.
Bugun ham sportchilarimiz sovrinli o'rinlar bilan bizni xursand qilmoqdalar. Yadro uloqtirish bahslarida Elena Smolyanova 15,54 natijani qayd etib, Osiyo chempioniga aylandi.
Bu medal O'zbekiston terma jamoasining ushbu Osiyo chempionatidagi ikkinchi "oltin"i bo'ldi.
Kechki payt shuningdek yadro uloqtirish bahslarida hamyurtlarimiz Sergey Dementev va Grigoriy Kamulyalar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazadilar.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar