So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

16 iyu 14:18
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi

Teglar :  SHaxmat
SHri-Lankaning Kalutra shahrida shaxmat bo'yicha 7,9,11,13,15 va 17 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilari o'rtasida shaxmat buyicha Osiyo chempionati nihoyasiga etgani haqida xabar qilgan edik.

7-15 iyul kunlari bo'lib o'tgan musobaqada shaxmatchilar standart, rapid va blic yunalishlari buyicha bellashishdi. Unda qitamizning 15 mamlakatidan tezkor shaxmat yo'nalishida 422 nafar, blic yo'nalishida 443 nafar, standart yo'nalishida 454 nafar yosh aql idrok soxiblari ishtirok etdi.

Tezkor shaxmat yunalishidagi bahslarlda sportchilarimiz 4ta oltin, 3ta kumush, 4ta bronza medallarni qo'lga kiritib, Osiyo davlatlari ichida tezkor shaxmat yo'nalishi bo'yicha tengsiz ekanliklarini isbotladilar. Standart yo'nalishidagi bellashuvlarda esa sportchilarimiz 7ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Ushbu yo'nalishda xam sportchilarimiz jamoaviy hisobda 1-o'rinni egalladilar. Blic yo'nalishi yakunlariga ko'ra esa sportchilarimiz 5ta oltin, 6ta kumush va 1ta bronza medalini qo'lga kiritdilar.

Musobaqada jamoaning muvaffaqiyatli ishtirok etishida Umida Omonova (13 yoshgacha)ning hissasi katta bo'ldi. U standart, tezkor shaxmat va blic yo'nalishlari bo'yicha Osiyolik tengdoshlariga xech kanday imkoniyat koldirmadi hamda 3 ta oltin medal egasiga aylandi.

SHuningdek, Humoyun Begmuratov (2ta oltin, 1ta kumush), Afro'za Hamdamova (2ta oltin, 1ta kumush), Davlat Mahmudjonov (2ta oltin, 1ta bronza), Ruqiya Olimova (2ta oltin), Sitoroa Saparova, Ali Qosimov, Abdimalik Abdisalomov, Zilola Aktamova, Muhammadali Abdurahmonov, Olmos Rahmatullaev (1tadan oltin) kabi shaxmatchilar terma jamoamiz uchun muhim bo'lgan medallarni qo'lga kirita olishdi.

Bugun tongda ushbu Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti. Milliy olimpiya qo'mitasi O'zbekiston shaxmat federaciyasi bilan hamkorlikda musobaqa qahramonlarini tantanali kutib olish marosimini tashkil etdi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'mindjanov, MOQ va O'zbekiston shaxmat federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Yosh shaxmatchilarimiz sharafiga sayyohlik avtobusida chempionlar paradi tashkil etildi. Keyinchalik ushbu tantanalar Milliy olimpiya qo'mitasida ham davom ettirildi.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O'zbekiston shaxmat federaciyasi, yosh sportchilar va ularning murabbiylarini tabriklab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing