18 apr 08:40
Yangiliklar
Osiyo chempionatining blic bahslarida 22ta medalga ega bo'ldik + FOTO
Avvaliga 64, keyin esa 100 katakli shashka bo'yicha qita chempionatining g'olib va sovrindorlari aniqlanadi. Osiyo chempionatining ilk kuni blic yo'nalishida g'oliblar nomi malum bo'ldi.
Quvonarlisi, ushbu bahslarda hamyurtlarimiz jami 22ta medalni qo'lga kiritishdi. Ulardan 6tasi oltin, 6tasi kumush, 10tasi bronza medallaridir. Bu esa terma jamoamiz shashkachilarining umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashini taminlanadi.
Malumot uchun, Osiyo shashka federaciyasi qita chempionati mezbonligini qatorasiga uchinchi marotaba poytaxtimizga ishonib topshirgan.
Har ikki yilda bir
bor tashkil etiladigan Osiyo chempionati 2013 va 2015 yillarda ham Toshkent shahrida
bo'lib o'tgandi. Hali shu paytgacha hech bir davlatga bunday imkoniyat va imtiyoz berilmagan
edi.
Fikrlar