So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

25 mar 15:58
Yangiliklar

Engil atletika

Osiyo engil atletika associaciyasi rahbari MOQda qabul qilindi

Avval xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda I xalqaro Toshkent yarim marafoni o'tkazildi.

Ushbu nufuzli sport anjumanida jahonning 28 mamlakatidan kelgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib bordi. Qolaversa, Toshkent yarim marafoniga Osiyo engil atletika associaciyasi prezidenti Daxlan Al-Hamad ham tashrif buyurdi.

Sir emaski, yurtimiz engil atletikachilari Osiyoda o'z o'rniga ega. Xususan, so'nggi Rio olimpiadasida ham mamlakatimiz delegaciyasida aynan engil atletika yo'nalishida eng ko'p licenziya qo'lga kiritilgan edi.

O'zbekistonda sport qirolichasi deb atalmish engil atletikani yanada rivojlantirish hamda xalqaro tashkilot bilan mustahkam aloqalarni o'rnatish maqsadida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo engil atletika associaciyasi (OEAA) prezidenti Daxlan Al-Hamadni qabul qildi.

photo5242601750999968348.jpg

Muzokara davomida Umid Ahmadjonov O'zbekistonda engil atletika sportini yanada rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini alohida takidladi.

“Oxirgi paytlarda O'zbekiston engil atletika federaciyasi ham islohotlarga muhtoj bo'lib qolgandi. SHu maqsadda bundan bir necha oy muqaddam mamlakat engil atletika federaciyasi rahbarligiga Andrey Abduvalievni olib keldik. O'ylaymanki, uning boy tajribasi yurtimizda ushbu sport turini yangi bosqichga olib chiqadi. Maqsadimiz – Tokio-2020 olimpiadasida engil atletika bo'yicha maksimal darajada licenziya olish va musobaqada rekord o'rnatish”, – deydi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida OEAA prezidenti Daxlan Al-Hamad janoblari ham yurtimizda olib borilayotgan barcha sohadagi islohotlarga ijobiy fikr bildirib o'tdi.

photo5242688625303464634.jpg


“O'zbekistonni islom va sport mamlakati deb bilaman. Bugun Toshkentda o'tgan marafonni kuzatib, undagi iliqlik, ishtirokchilardagi sportga bo'lgan qiziqishni ko'rib quvondim. O'zbekistonlik engil atletikachilar Osiyoda o'z o'rni va mavqeyiga ega. Umid qilamanki, yurtingiz atletlari joriy yilgi jahon chempionati va Tokio olimpiadasida munosib ishtirok etishadi”.

SHuningdek, Umid Ahmadjonov martabali mehmonga O'zbekiston engil atletika bo'yicha qita miqyosidagi turli musobaqalar, seminarlar va Kongresslarni yuqori saviyada o'tkazishga tayyor ekanligini takidlab, joriy yil sentyabr oyida o'tadigan dunyo birinchiligidan so'ng Samarqand va Buxoroda xalqaro seminarga mezbonlik qilish taklifini ilgari surdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing