So’nggi yangiliklar

08:48Хргович Дюбуа билан IBF ва WBO камарларини бирлаштирмоқчи 0 08:07Баҳодир Жалолов ўзининг энг яхши боксчилар учлигини санади 0 20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0

26 avg 08:56
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo kriket Kengashi vakillari O'zbekiston kriket federaciyasi faoliyatini munosib baholadi

Teglar :  Aziz MixlievKriket
Ommaviyligi jihatdan futboldan keyin ikkinchi o'rinda turadigan, Osiyo va Olimpiya o'yinlari tarkibidan joy olgan kriket sport turining mamlakatimizda tobora rivojlantirishda O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan bugun izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

23-24 avgust kunlari O'zbekiston kriket federaciyasiga tashrif buyurgan Osiyo kriket kengashi vakillari yurtimizda  kriket sport turi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud sport inshootlari, poytaxtimizda joylashgan kriket akademiyasi va Qibray tumanidagi kriket stadionida shug'ullanayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Kecha esa mazkur o'rganishlar, muloqot va tanishuvlar yakuniga bag'ishlab, Osiyo kriket kengashi vakillari sanalgan Singapur kriket associaciya prezidenti Mahmud G'aznaviy, Birlashgan Arab Amiriligi kriket kengashi bosh operacion direktori Subhan Ahmad, O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev, federaciya kengashi azolari, murabbiy-mutaxassislar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Muhokamalar davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, o'zbekistonlik kriketchilarning nufuzli musobaqalarda, xususan, Osiyo va yozgi Olimpiya o'yinlarida, qita va jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarda ishtiroki, seminarlar, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, kriket jihozlari bilan taminlash kabi bir qator mavzular tahlil etildi.

SHuningdek, Osiyo kriket kengashi vakillari mamlakatimizda faoliyatini boshlagan Olimpiya shaharchasi infratuzilmasi kriket rivojiga ham salmoqli tasir ko'rsatishini, o'zbekistonlik kriketchilarning texnik-taktik mahorati yildan yilga o'sib borayotganligini alohida takidlab o'tishdi.

Ayniqsa, O'zbekiston kriket federaciya to'laqonli ish olib borayotganligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kriket fakulteti faoliyat boshlanib, bu borada kadrlar tayyorlashga erishilgani yuksak g'alabalar yo'lida munosib poydevor qo'yilayotganligidan dalolat ekanligini aytib o'tishdi.

Takidlash joiz, O'zbekiston kriket federaciyasi yaqinda Osiyo kriket kengashiga rasman azo sifatida qabul qilingan edi. Demak, mamlakatimizda kriket sport turi yanada rivojlanishi ayni haqiqat.

O'KF matbuot kotibi Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing