So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

04 jan 08:54
Yangiliklar

Futbol

Osiyo Kubogi-2019. OFK hakamlar bilan media brifing o'tkazdi

Teglar :  FutbolOsiyoOFK
Ertaga BAA yashil maydonlarida orziqib kutilgan Osiyo Kubogi-2019 bahslari boshlanadi.

Ushbu musobaqada hakamlarga ham alohida etibor qaratiladi. Ayniqsa chorak finaldan boshlab Video Assistant Referee (VAR) tizimi ishga tushadi, bu esa o'yinlarga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi. BAAning Abu Dabi shahrida turnir oldidan hakamlar ishtirokida media brifing tashkil etildi. 

"Zayed Sports City" o'yingohida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida OFK Hakamlar direktori SHamsul Maydin, Osiyo Kubogi-2019 musobaqa direktori SHin Man Gil hamda hakamlardan Ravshan Ermatovbilan Alirizo Fag'oni ishtirok etishdi. Bunda asosan hakamlar borasida malumot berilib, chorak finaldan yo'lga qo'yiladigan VAR tizimiga alohida to'xtab o'tildi. 

Hakamlar zalda yig'inlarga VARning xususiyatlari, uning foydasi hamda hakamlar VAR bilan ishlashga qanday tayyorgarlik ko'rishgani haqida malumot berishdi. OFK Hakamlar direktori SHamsul Maydin bu borada shunday dedi: "Biz Osiyoga VAR tizimi kirib kelganidan mamnunmiz. Jahon chempionatida ko'rdikki, VAR juda foydali texnologiya bo'ldi va ortiqcha savollarga o'rin qoldirmadi. Qitamizda hakamlik darajasi yuqori saviyada. Hakamlar har bir o'yinni yaxshi boshqarishga harakat qilishadi. O'ylaymanki, bazi qarorlarni qabul qilishda VARga hojat qolmaydi. VAR faqatgina o'ta bahsli vaziyatlardagina ishlatiladi". 

Yaqinda o'tmishning taniqli hakamlaridan biri bo'lgan SHamsul Maydin VAR haqida yana quyidagilarni malum qildi: 

"Biz VARdan asosan to'rtta vaziyatda foydalanamiz. Birinchisi - to'p darvoza chizig'ini kesib o'tgan-o'tmagani, ikkinchisi - penalti belgilash bilan bog'liq holat, uchinchisi - to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka va to'rtinchisi - xato qarorlar. Musobaqaning chorak finalidan boshlab VAR ishga tushganidan so'ng jami 19 nafar kishi shunga masul bo'ladi. Ular imtihondan o'tishgan va yaxshi tayyorgarlikka ega".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing