18 iyu 12:29
Yangiliklar
Futbol

Osiyo o'yinlari. Agar Koreya chempion bo'lmasa, Son Xen Min 2 yil xarbiy xizmatga ketadi
Xabar berganimizdek, 18 avgustdan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.
Unda Janubiy Koreya terma jamoasi ham ishtirok etadi. "Tottenxem" hujumchisi Son Xen Min uch nafar yoshi katta futbolchidan biri bo'lib musobaqaga boradi.
Agar terma jamoasi oltin medalni qo'lga kiritsa futbolchilar harbiy xizmatdan ozod bo'lishadi. Aks holda qolganlar qatorida Son Xen Min ham 2 yil davomida vatani uchun xizmat qilishi lozim. Tabiiyki uning "Tottenxem"dagi faoliyati to'xtaydi.
Havola :
Fikrlar