So’nggi yangiliklar

08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0

25 iyu 12:24
Yangiliklar

Tennis

Osiyo o'yinlari oldidan. Sabina SHaripova bilan qisqa suhbat

Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti Osiyo o'yinlari oldidan SHohsupa sari yo'l loyihasini ishga tushirganidan xabaringiz bor.

Unda terma jamoalarimizning etakchi sportchilari bir qator savollarimizga javob qaytarishadi. Bugun loyihamizda tennischi, O'zbekistonning bugungi kundagi birinchi raketkasi Sabina SHaripova mehmon bo'ladi.

Nima uchun aynan tennis?

Biz sportchilar oilasimiz. Otam o'z vaqtida professional futbolchi, onam esa engil atletikachi sifatida faoliyat ko'rsatishgan. Tennisga 7 yoshimda onam ilk marotaba olib borganlar. Sportning ushbu turi menga juda yoqqan. Tennisni eng chiroyli sport turlaridan biri deb hisoblayman. Boshqa yo'nalishlarda o'zimni sinab o'tirmaganman, chunki tennis ko'nglimni zabt etgan. O'shandan beri men sportning bu turini sevib o'ynayman va zavq olaman.


Milliy taomlar yoqadi

Ovqatlanish tartibim haqida gapiradigan bo'lsam, asosan foydali taomlar istemol qilishni maqul ko'raman. Milliy oshxonamizning, ayniqsa go'shtli taomlarning ashaddiy muxlisiman.


Kumirlari haqida

Avvallari kumirlarimni birma-bir sanab bera olardim. Endi esa menda ular yo'q. CHunki, bugun o'z vaqtida havas qilgan sportchilarim bilan birga musobaqalarda ishtirok etyapman. Tennis kortida ularga qarshi kurash olib boryapman.

CHempionlik siri

Hech bir inson chempion bo'lib tug'ilmaydi. Buning uchun uzoq vaqt va mashaqqatli mehnat talab etiladi. Asosiysi, sportchida buning uchun kuchli istak va ishtiyoq bo'lishi lozim.


Bo'lajak Osiyo o'yinlari oldidan

Jakartadagi Osiyo o'yinlari o'z salohiyatimni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Musobaqada sovrindorlar qatoridan joy olishga harakat qilaman. O'yinlarga tayyorgarlik jadal suratlarda davom etmoqda. Turli musobaqalarda ishtirok etib, o'z mahoratimni oshirishga harakat qilyapman. Osiyo o'yinlarida yuqori saviyada qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqchiman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing