11 may 10:19
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari sovrindori 4 yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Ushbu xalqaro turnirda -98 kg vaznda ikkinchi o'rinni egallagan Dilshod CHorievdan (sportcha sambo) olingan doping-sinamada “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlanganligi sababli tekshirish boshlandi.
Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan ro'yhatiga ko'ra, meldoniy moddasi 2016 yildan beri Ro'yhatning “S4. Metabolizm gormonlari va modulyatorlari” guruhiga kiritilgan bo'lib, doping deb hisoblanadi.
Agarda, qayta tekshirish natijasiga ko'ra D.CHorievdan “meldoniy” taqiqlangan moddasi borligi rasman tasdiqlansa sportchi 4 yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Malumot uchun, Dilshod CHoriev dzyudo bo'yicha Osiyo o'yinlarida ikki bor kumush medalni qo'lga kiritgan. SHuningdek, Osiyo chempioni va Jahon chempionati sovrindori hisoblanadi
Fikrlar