So’nggi yangiliklar

12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0

19 fev 10:12
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bu qiziq! Prof boks yulduzlarini mag'lub etgan hamyurtlarimizni bilasizmi?

Professional boks va havaskor yo'nalishning o'rtasida katta farq borligi bu fakt bo'lsa-da, baribir havaskorda olingan maktab profida ham o'z so'zini aytadi.

Professional yo'nalishda ajoyib natijalar qayd etgan, Artur Beterbiev, Sergey Kovalyov, Kallum Smit, Migel Kotto, Janibek Alimxonuli, Billi Dib, Josh Kelli kabi bokschilar ham havaskor boksda toblanishgan. 

Ha, professional boksni larzaga solayotgan ko'plab bokschilar ham havaskorda o'z odimlarini boshlagan-ku, nega aynan bu bokschilar sanab o'tildi, degan savol tug'ilishi tabiiy...

Buning o'z sababi bor va biz bu borada so'z yuritamiz. Demak, professional boksda chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan ushbu bokschilar havaskor yo'nalishda aynan hamyurtlarimiz tomonidan mag'lub etilgan edi. 

Muhammadqodir Abdullaev — Migel Kotto;

Birinchi Olimpiada chempionimiz Sidneydagi Olimpiya o'yinlarining saralash bosqichida Kotto ustidan g'alaba qozongan. Puerto-Riko vakili keyinchalik professional boksda WBC, WBO, WBA chempionlik kamarlarini qo'lga kirita olgan edi. Keyinchalik AQSHda o'tgan chempionlik jangida Kotto Olimpiadadagi mag'lubiyat uchun revansh olishga muvaffaq bo'lgandi. 


Abbos Atoev — Artur Beterbiev;

Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq chempion Beterbiev 2007 yilgi jahon chempionati finalida Atoev tomonidan mag'lub etilgan.


Abbos Atoev — Kallum Smit;

Ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni bo'lgan britaniyalik bokschi ham 2011 yil Germaniyadagi xalqaro turnirda hamyurtimiz to'sig'idan o'ta olmagandi.


Abbos Atoev — Sergey Kovalyov;

Buxorolik bokschimiz yana bir yulduz, yarim og'ir vazn toifasida WBO, WBA, IBF sobiq chempioni Kovalyovni 2008 yil Moskvadagi turnirda nokautga uchratgan.


Dilshod Mahmudov — Billi Dib;

Yaqin o'tmishdagi yana bir mahoratli vakilimiz Dilshod Mahmudov 2003 yil yarim engil vaznda sobiq  IBF chempioni sanaladigan Billi Dibni Tailandda o'tkazilgan jahon chempionatining saralash bahsida mag'lub qilgan edi.


Doston Turdiev — Josh Kelli;

31 yanvar kuni rossiyalik Baxram Murtazalievni mag'lub etib, birinchi o'rta vaznda IBF chempioniga aylangan Josh Kelli havaskor boksda hamyurtimiz Doston Turdievga imkoniyatni boy bergan edi. Turdiev 2014 yil Qozog'istondagi turnirda Kelliga xech qanday imkoniyat qoldirmagandi.


Bektemir Meliqo'ziev — Janibek Alimxonuli;

Hozirgi kunda professional yo'nalishda ham tobora titulga yaqinlashib borayotgan Meliqo'ziev 2015 yil Bangkok shahrida tashkil etilgan Osiyo chempionati chorak finalida qozog'istonlik o'rta vazn toifasida IBF, WBO chempioni bo'lgan Alimxonulini musobaqadan chiqarib yuborgan.

Ularni safiga Sardor Abdullaevni yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida Tayson Fyurini mag'lub etganini va O'tkirbek Haydarovni Andre Uordga qarshi jangidagi g'alabasini "o'g'irlashgan"ligini ham qo'shsak bo'ladi.

Xullas, shunday tarixiy janglarimiz bor va ushbu qarama-qarshiliklar  biroz yodingizga tushgan bo'lsa, ajab emas. Balki bunday janglar ro'yxatini siz muxlislar davom ettirarsiz?

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing