18 noy 12:47
Yangiliklar

Osiyoda 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar malum
Xitoyning "SHanxay SIPG"klubi hujumchisi Vu Ley, BAAning "Al Ayn" yarim himoyachisi Omar Abdulrahmon va suriyalik Omar Xarbin ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni) yakuniga etayotgan yilda Osiyo qitasining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun davogar.
O'tgan yil bu sovringa Omar Abdulrahmon ega chiqqandi. Qizig'i Vu Ley o'tgan yil ham uch nafar davogarlar orasidan joy olgandi.
2017 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati:
Erkaklar
Vu Ley (Xitoy)
Omar Abdulrahmon (BAA)
Omar Xarbin (Suriya)
OFK ayollar o'rtasida ham uch nafar futbolchini taqdim etdi.
Ayollar
Samanta Kerr (Avstraliya)
Sung Xyang-sim (KXDR)
Saki Kumagi (Yaponiya)
Eslatib o'tamiz, Osiyo yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini 29 noyabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tkazadi.
Fikrlar