05 noy 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Oskar De La Xoyya Bivol - Ramires jangida kim favorit ekanini aytdi
Oltita vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyya meksikalik Xilberto Ramiresning (44-0, 30 KO) WVA chempioniiga qarshi jangdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Men har doim Bivolni ajoyib jangchi va buyuk chempion deb o'ylaganman. Bizni ajoyib jang kutmoqda. Mening sportchim Zurdo Ramires hozirda eng yaxshi sport formada va u hammasiga tayyor.
Jangchi sifatida Ramiresda Bivolni mag'lub etish uchun katta imkoniyat bor deb o'ylayman. Asosiysi u diqqat markazida bo'lishi kerak. Men unga aytdim: "Eshit, sen tayyorsan. Diqqatingni jamla. Qattiq mashq qilding. Bu sening vaqting", - dedi De La Xoyya.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar