11 iyu 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Oskar De La Xoyya: "U o'z uyimda bilyard o'ynashga ham ruxsat bermagan"
Sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyyaning fikricha, meksikalik bokschi Saul Alvares etiborini ko'proq boksga qaratishi kerak.
"Kanelo 32 yoshli qariya. Ammo bu uning allaqachon 60 dan ortiq jang o'tkazgani uchun emas, balki 15 yoshida professional boks bilan shug'ullana boshlagani bilan bog'liq.
Agar mashg'ulotlarga va o'zingizga g'amxo'rlik qilish bilan cheklanib qolmay, golf o'ynashga vaqt topsangiz, ko'p narsa yo'qotasiz. Saul olti soat golf o'ynab, o'yin-kulgidan bahramand bo'lishi mumkin, lekin tana dam olishi kerak.
Faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy Xolena Rivero menga imkoniyat tug'ilishi bilan nafas rostlashimni aytgan edi. Oyoqlarga dam berish juda muhim. O'sha payt Xulio Sezar CHaves bilan jangga tayyorlanardim. U meni o'z uyimda bilyard o'ynashimga ham ruxsat bermagandi", - dedi Oskar De La Xoyya.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar