12 mar 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar De La Xoyya: "Virjil Ortisga endi osonroq raqibga qarshi jang kerak"
Promouter Oskar De La Xoyya mijozi Virjil Ortis va Baxram Murtazaliev o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menga bu jang g'oyasi yoqmadi. Virjil Madrimov va Bogachukga qarshi ikkita qiyin jang o'tkazdi. Har qanday aqli raso odam biladiki, bu ikkisi og'ir jang.
Unga top-10talikda joylashgan bokschiga qarshi jang kerak. Agar siz to'g'ridan-to'g'ri olovga kirib ketsangiz, nima qilamiz? Virjilni yoqib yuboramizmi? Yo'q. Mening o'z rejam bor va shuning uchun Golden Boy yillar davomida muvaffaqiyat qozondi", dedi De La Xoyya.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar