So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

27 okt 07:19
Yangiliklar

Ot Sporti

Ot sport turlari bo'yicha uch tomonlama Memorandum imzolandi

Teglar :  Bahromjon Gaziev
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi, O'zbekiston polo federaciyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti o'rtasida Memorandum imzolandi.

Ushbu Memorandum ot sportini yanada takomillashtirishda o'quv-mashg'ulotlarini, ilmiy-uslubiy va innovacion texnologiyalarni joriy etish maqsadida imzolandi. 

Tadbirda bir vaqtning o'zida 3 ta sport federaciyasiga rahbarlik qilayotgan Bahrom Gaziev, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ot sporti bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Nodirbek Ibragimov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Kamil Bayazitov, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Rashid Matkarimov hamda OAVlari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur Memorandum mamlakatimizda ot sportini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4877-son, 2021 yil 11 martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5024-son hamda 2021 yil 5 avgustdagi “O'zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to'g'risida”gi PQ-5211-son qarorlari ijrosini taminlash, shuningdek, bevosita milliy terma jamoalar bilan ishlash, o'quv-mashg'ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish va trenerlar malakasini oshirish, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ot sporti ixtisosligi bo'yicha talim olayotgan talabalarni istiqbolda yuqori malakali kadr etib tayyorlash, iqtidorli talabalar, professor-o'qituvchilar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarni dolzarb muammolar echimiga yo'naltirilgan mavzular asosida ilmiy tadqiqotlar o'tkazishda federaciya bilan hamkorlik qilish maqsadida tuzildi.

“Ushbu hamkorlik doirasida professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning tajriba almashishlarini, ilmiy amaliyotlarini va ularning federaciyalar muammolarini chuqur tahlil qilishlarini tashkil etish bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bitiruvchi talabalarni bitiruv oldi amaliyot, ishga yo'llash masalalarining o'zaro manfaatli shakllarini ishlab chiqish ko'zda tutilmoqda” - deydi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor R.Matkarimov.

Tadbirda takidlanganidek, o'zaro manfaatli hamkorlikda ot sporti, polo va zamonaviy beshkurash bo'yicha o'tkaziladigan ilmiy va amaliy seminarlar, konferenciyalar, fundamental va amaliy tadqiqotlar, ilmiy loyihalar, shuningdek, nashrga tayyorlanadigan o'quv adabiyotlari, video materiallar albatta kelajakda o'z ijobiy natijasini ko'rsatadi.

Malumot uchun: Ayni paytda Universitetda ot sporti talim yo'nalishi bo'yicha 117 nafar talaba tahsil olmoqda. Talabalarning 17 nafari ot sporti bo'yicha terma jamoa azosi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing