So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

25 apr 13:44
Yangiliklar

Ot Sporti

Ot sporti. Toshkent viloyatida xalqaro turnir bo'lib o'tdi

Teglar :  Ot sportchi
Toshkent viloyatida ot sporti bo'yicha jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi birinchi bosqich musobaqalari yakunlandi.


O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, mamlakatimiz ot sporti federaciyasi hamda Xalqaro ot sporti federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistondan ellikka yaqin sportchi g'oliblik uchun kuch sinashdi.

Bo'stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida o'tkazilgan musobaqaning yakkalik bellashuvlarida chavandozlar konkur – to'siqlardan ot sakratish yo'nalishi bo'yicha bahslashdi.

130 santimetr balandlikdan ot sakratish bo'yicha bahslarda Abdushukur Sobirjonov “Remteker” laqabli otida birinchi o'rinni egalladi. G'ayrat Nazarov “Kuatro Junior” laqabli otida ikkinchi, Xurshid Olimjonov “Giatris” nomli tulporida uchinchi bo'ldi.

Balandligi 135 santimetr bo'lgan to'siqlardan ot sakratishda “Ramiro” laqabli tulporida maydonga tushgan Azamjon Tolibboev g'alaba qozondi. Qirg'izistonlik Komil Sobitov “Kvintendro” laqabli otida kumush, yana bir chavandozimiz Oqil Sobirjonov “Demilion” laqabli otida bronza medalga loyiq topildi.

"Millatlar kubogi" jamoaviy musobaqasida chavandozlar 135 va 145 santimetr balandlikdan ot sakratish bo'yicha bahslashdi. Unda munosib ishtirok etgan Oqil Sobirjonov (“Samira”), Nurjon Tuyoqboev (“King Kornet”), Azamjon Tolibboev (“Ramiro”) va G'ayrat Nazarovdan (“Kuatro Junior”) iborat jamoamiz oltin medalni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Qirg'iziston, uchinchi o'rin Qozog'iston terma jamoalariga nasib etdi.

Jahon kubogi bosqichi – Gran-pri bahslarida ham chavandozlarimizga teng keladigan raqib topilmadi. Balandligi 140 va 160 santimetr to'siqlardan ot sakratishda Nurjon Tuyoqboev “King Kornet” laqabli otida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Oqil Sobirjonov (“Samira”) ikkinchi, G'ayrat Nazarov (“Kuatro Junior”) uchinchi o'rinni egalladi.

Bayram Aytmurodov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing