30 apr 17:41
Yangiliklar
Ot Sporti
Toshkentda ot yo'rttirish bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkazildi
Toshkentda ot sportining turli yo'nalishlari bo'yicha nufuzli musobaqalar o'tkazilmoqda.
Bugun ot yo'rttirish bo'yicha CDI3* va CDI1* tasnifidagi xalqaro turnirlar yakunlandi.
CDI3* tasnifidagi musobaqaning katta sovrini hamyurtimiz Alina SHevsovaga nasib etdi. Sportchimiz “Zamperoni” laqabli otida Gran-pri sovriniga ega chiqdi.
Ahamiyatlisi, SHevsova CDI1* yo'nalishida ham eng yuqori ball jamg'arishga erishdi. Ushbu dasturda unga “Nosito De Muz” tulpori hamrohlik qildi. SHuningdek, Feruza Abdullaeva “Lider” oti bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.


Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar