12 sen 12:15
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Hungary Grand Slam 2026 turnirida Murodjon va Elbekka muxlislik qilamiz
Biroz avval Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlari boshlandi.
Bugun erkaklar o'rtasida -73, -81 kg, ayollarda esa -63 va -70 kg vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. O'rta vazn toifasida kechadigan bugungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili Murodjon Yo'ldoshev va Elbek Tojiev ham medallar hamda qimmatli reyting ochkolari yo'lida tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-73 kg: Elbek Tojiev — Yesset Kuanov (Qozog'iston)
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev — Magamed Borchashvilli (Avstriya)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar