07 okt 11:49
Yangiliklar
Dzyudo
Murodjon Yo'ldoshev Jahon chempionatidagi yurishini boshlashga shay!
Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining to'rtinchi kuni.
Kun davomida erkaklar o'rtasida -81 kg, ayollarda esa -63 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Bugungi dasturda terma jamoamizning tajribali dzyudochisi Murodjon Yo'ldoshevga muxlislik qilamiz.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Yo'ldoshevning raqibi gonkonglik Kvok Ving Li hamda koreyalik Jae Yun Sim o'rtasidagi bellashuvda aniqlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar