So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

07 sen 11:07
Yangiliklar

Tadbirlar, Ot Sporti

Ot zavodida OAV xodimlari uchun press tur tashkil etildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Press turOt sporti
O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining O'rta CHirchiq tumanidagi “O'zbegim otlari” ot zavodida press tur tashkil etildi.

Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlash, mazkur soha uchun mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini o'rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko'paytirishga alohida etibor qaratilmoqda. 

«O'zbegim otlari» ot zavodi 1992 yilda tashkil etilgan bo'lib, maydoni 140 gektardan ortiq. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka tulporlarini ko'paytirish va parvarishlashga ixtisoslashtirilgan. 

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Axaltaka zotli otlar bundan besh ming yil muqaddam paydo bo'lgan. U Osiyo xalqlarining yozma manbalarida samo tulporlari, arg'umoq, uchqur ayg'irlar, deya tariflangan. Toshbitiklar, qoyalarda saqlanib qolgan suratlarning guvohlik berishicha, Axaltaka arg'umoqlari qadimda hozirgi Farg'ona vodiysi, Xorazm viloyati hududlarida uchragan. Ayni paytda mazkur turning katta qismi Turkmaniston hissasiga to'g'ri keladi.

Bugungi kunda «O'zbegim otlari» zavodida 560 ta ot parvarishlanmoqda. Ular orasida Axaltaka zotidan tashqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor. Ot zavodi faoliyati bilan tanishgan bir guruh jurnalistlar, shu erning o'zida Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun o'tkazilayotgan ot poygasi musobaqasiga ham guvoh bo'lishdi.

2 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan tulporlar 1200 metrdan  2400 metrgacha bo'lgan masofaga ot choptirishdi.  Maqsad Ashurov, Alisher Ismatullaev, Nodir Muhammatullaev, Botir Yangiboev, Akmal Isomiddinov, Xusan Islomov, Aleksey Aleksandrov kabi chavandozlar g'olib va sovrindorlar safidan joy egalladi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing