So’nggi yangiliklar

21:11Муҳиддин Мамажоновнинг IBA Nomad 16 турниридаги жанги муддатидан аввал якунланди 0 19:21Полина Кудерметова Ningbo Open саралашининг иккинчи босқичига чиқди 0 18:50Мадримов ўз ўрнини сақлаб қолган The Ring рейтингининг кучли учлигида ўзгаришлар бўлди 0 18:19Каратэ WKF. Жавоҳир Жаҳонгиров жаҳон чемпиони! 0 17:48"Реал" қишда янги футболчилар сотиб оладими? Моуринью жавоб берди 0 17:17Адесанья ва Шара Буллет жанги ноябрда Қатарда ўтказилиши мумкин — манба 0 16:45Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов жанг қиладиган Душанбедаги ACA 209 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 16:12Бугун беш нафар боксчимиз жаҳон чемпионатидаги ўз юришини бошлайди 0 15:30Португалия футбол федерацияси Роналду бўйича ўз позициясини маълум қилди 0 14:43Пэдди Пимблетт кейинги жангини 2027 йил баҳорида ўтказиши мумкин 0 14:05Накамура Синдаровга жаҳон чемпионати олдидан ёрдам беряптими? 0 13:27Бугун Баҳодир Жалолов жанг қилади (тўлиқ кард) 0 12:45Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор 0 12:12"Бу осон эмас". Сехудо Ян ва Двалишвили ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 11:30Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга IBA Nomad 16 турнири бўлиб ўтади (Тўлиқ кард) 0

08 sen 15:00
Yangiliklar

Boshqalar

Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vice-prezidenti etib saylandi

Teglar :  Otabek Umarov
Hindistonning Nyu-Deli shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasi o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Assambleya kun tartibiga muvofiq, tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar bo'lib o'tdi. Tashkilotni vaqtinchalik boshqarib borayotgan Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylandi. SHuningdek, 5 ta mintaqaga vice-prezidentlar ovoz berish yo'li bilan aniqlab olindi.

Biz uchun ahamiyatli tarafi, Otabek Umarov O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg'onistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha tashkilot vice-prezidenti etib saylandi. Bungacha Otabek Muhammadalievich muddati qisqa bo'lgan davr – Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlarini o'tkazish bo'yicha vice-prezident edi. Bu vaqtinchalik lavozim musobaqa yakunigacha amal qilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vice-prezidentlik doimiy xarakterga ega va endi hamyurtimiz butun qitamizdagi 5 mintaqadan birida Olimpizm rivojiga masul bo'ladi.

Qayd etish joiz, Otabek Umarovning so'nggi yillarda sport boshqaruvida erishgan muvaffaqiyatlari alohida etirof etilib, bugun yanada masuliyatli lavozimga saylandi va endi u butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Olimpizm harakatining rivojiga masul bo'ladi.

Tadbirda so'z olgan Otabek Muhammadalievich qitamiz sporti jahonda yanada katta etirofga sazovor bo'layotgani, buning isboti o'laroq Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida Osiyoning 4 davlati TOP-15 talikdan joy olgani, Prezidentimizning sportni qo'llab-quvvatlashlari bilan O'zbekiston o'z tarixida eng yaxshi natijani qo'lga kiritganini alohida takidlab o'tdi. SHuningdek, bildirilgan ishonchni oqlashga, mintaqada Olimpizmning pok va ezgu g'oyalarini yanada keng targ'ib qilishga vada berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing