So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 mar 17:19
Yangiliklar

Boshqalar

Otabek Umarov O'zbekiston triatlon federaciyasiga rahbar etib saylandi

Malumki, butun dunyoda triatlonga bo'lgan qiziqish avvaldan yuqori bo'lgan.

Biroq, mamlakatimizda ushbu sport faoliyati deyarli to'xtab, O'zbekistonda triatlon taraqqiyoti rivojlanmay qolgandi. Bugunga kelib shaxsan muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan barcha sport turlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Bugun, 7 mart kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston triatlon federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, O'zbekiston triatlon federaciyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar, sportchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab O'zbekiston triatlon federaciyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mudofaaga ko'maklashuvchi «Vatanparvar» amaliy sport turlari markazi direktori SHavkat Ismatullaev hisobot berdi.

So'ng kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala federaciya raisi va unga birinchi o'rinbosar saylash jarayoniga o'tildi. SHu munosabat bilan O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi lavozimga Otabek Muhammadalievich Umarov nomzodi ilgari surildi. Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan ko'rsatilgan nomzodni qo'llab-quvvatlashlarini malum qildilar. SHu tariqa, O.Umarov O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi lavozimiga saylandi. Qolaversa, O.Umarovning birinchi o'rinbosari lavozimiga sobiq sportchi, triatlon bo'yicha ko'plab xalqaro musobaqalar ishtirokchisi, hozirda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Farrux Nosirov nomzodi ilgari surilib, bu inson ham bir ovozdan yangi lavozimga saylandi. 

“Menga mana shunday imkoniyat berilganidan mamnunman. Yurtimizda triatlon sportini rivojlantirishga, uning ommaviyligini taminlashga bor kuch-g'ayratimni ishga solaman. Yurtimizda istedodli sportchilar ko'p. O'ylaymanki, ularni saralab olib, jahon arenalarida munosib ishtirok etishlari va sovrindorlar qatoridan joy olishlarida tajribam as qotadi. Biz kelajakda Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olibgina qolmasdan, sovrindorlar qatoridan joy oladigan atletlar tarbiyalashga vada beramiz”, – deydi Farrux Nosirov.

Yig'ilish davomida MOQ rahbari Umid Ahmadjonov ham triatlon sportining faoliyatiga to'xtalib o'tdi.

“Tan olish kerak, oxirgi paytlar triatlon bo'yicha maqtangudek natijalar yo'q. SHu bois Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan ushbu sport turini yanada rivojlantirib, sportchilarning shug'ullanishlari uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratib beramiz. O'ylaymanki, ushbu sport turi bo'yicha kelajakda jahon arenalarida munosib ishtirok etadigan atletlar etishib chiqadi”, – dedi Umid Ahmadjonov.

SHuningdek, konferenciya davomida MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, triatlon bo'yicha Osiyo kubogi kumush medali sohibi SHohruh Yunusov so'zga chiqib o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.

SHu tariqa, O'zbekiston triatlon federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing