19 mar 07:46
Yangiliklar
Futbol

O'yin payti xushidan ketgan Ospina shifoxonadan chiqdi
Italiya chempionatining 28-turi doirasida “Udineze”ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatlangan “Napoli” darvozaboni David Ospina borasida rasmiy malumot berildi.
Ospina raqibi bilan to'qnashuv natijasida xushidan ketib qolgan va zudlik bilan kasalxonaga joylashtirilgandi. Quvonarli tomoni shundaki, u jarohatdan forig' bo'lgan va kasalxonani tark etgan.
SHunga qaramay, Ospina Kolumbiya terma jamoasining FIFA kunlaridagi navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi. 30 yoshli darvozabon o'tgan yozda “Arsenal”dan “Napoli”ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u jamoasi tarkibida 21ta o'yinda 22ta gol o'tkazib yubordi.
Havola :
Fikrlar