28 apr 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

O'z vaqtida Murodjon Ahmadalievni mag'lub etgan Marlon Tapales navbatdagi jangini o'tkazdi
Prof boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA va IBF yo'nalishlari bo'yicha sobiq chempion Marlon Tapales (40-4, 21 KO) eng engil vaznda WBC Asia chempioni Jon Jetani (15-2-1, 12 KO) mag'lub etdi.
Filippinning Kotabato shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomining markaziy bellashuvida Jeta 3-raunddan keyin jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Bahs 10 raundga mo'ljallangan edi.
SHunday qilib, 33 yoshli Tapales faoliyatidagi 44-jangida 40-g'alabasini nishonladi. U 2023 yilning aprel oyida o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievni mag'lubiyatga uchratib, WBA va IBF kamarlarini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : boxingnews24.com
Fikrlar