17 jan 18:34
Yangiliklar

O'zbek aralash qoidalar jangchisi yana oktagonga qaytmoqda
Yana bir kuchli MMA vakilimiz Zarif SHukurov uzoq tanaffusdan so'ng, janglarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Zarif SHukurov qirg'izistonlik Mixtibek Mamasoliev bilan bo'lgan jangdan so'ng, jarohat olgandi. Hozirgi kunga kelib, jarohatdan butkul forig' bo'lgan yurtdoshimiz kuchli raqib bilan jang borasida kelishuvga erishdi. Raqibi ukrainalik Yuriy Procenko bo'lib, ushbu sportchi o'tgan yili yana bir hamyurtimiz Murod Xonto'raevni mag'lubiyatga uchratgan edi. Jangning aniq sanasi hozircha nomalum. Voqealar rivojini kuzatib boring.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar