24 mar 14:02
Yangiliklar
Futbol

O'zbek futbolchisi - Belarusda beshinchi
"Energetik-BGU"ning o'zbekistonlik forvardi Jasurbek Yaxshiboev chempionatning dastlabki turi doirasidagi BATEga qarshi o'yinda ikkita gol urishga erishdi.
Agar 1992 yilda mustaqillikdan so'ng turnir boshlangan paytdagi dubllarni hisobga olmasak (u paytda hamma debyut qilgan), Yaxshiboev ilk o'yinda ikkita to'p kiritgan to'qqizinchi o'yinchi (beshinchi legioner) bo'ldi.
Yaxshiboevdan oldin Belarus chempionatida debyut o'yinidayoq dublga erishgan legioner futbolchilar:
Andrey Pomelnikov - "Vedrich" safida, ukrainalik
Aleksandr Pishur - "Dnepr-Transmash", ukrainalik
Fyodor CHernix - "Dnepr" - litvalik
Ayka Musaxanyan - "Energetik" - franciyalik
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar