30 iyu 14:50
Yangiliklar
Futbol

O'zbek futbolchisi o'tishi kutilgan, Filippo Indzagi boshqaruvidagi klub A Ceriyaga chiqdi
Italiya A Ceriyasiga chiqqan ilk klub nomi malum bo'ldi.
Filippo Indzagi boshqaruvidagi “Benevento” klubi B Ceriyaning 31 ta o'yinida 76 ochko jamg'argan holda rekord qo'ydi va A Ceriyaga yo'llanmaning ilk sohibi bo'ldi.
Qayd etish joiz, “Benevento” o'zi tarixida ikkinchi bor yuqori divizionda qatnashadi. Klub birinchi marta 2016/17 yilgi mavsum A Ceriyada qatnashgan edi. 46 yoshli Filippo Indzagi o'tgan mavsum “Bolonya” bosh murabbiyi sifatida ishlagan, 21 ta o'yinda atigi 2 ta g'alaba qozongani uchun 2019 yil yanvarida ishdan bo'shatilgandi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda "Bunyodkor" futbolchisi Jasur Jaloliddinov aynan “Benevento” jamoasi ko'rigida bo'lib qaytgandi.
Havola :
Fikrlar