So’nggi yangiliklar

18:18Флойд Мейвезер: "50 ёшда ҳам ҳамон жаҳон боксининг юзиман" 0 17:46Клопп — Германия терма жамоасининг янги мураббийи! 0 17:07Амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони камар ҳимоячи учун рингга кўтарилди 0 16:29"У чемпион ва нима қилишни ўзи ҳал қилади". Кличко Усикнинг чемпионлик камарларидан воз кечиш қарори ҳақида 0 15:58"Махачев билан жанг қилмоқчи эдим". Усман дю Плессига жавоб берди 0 15:23The Athletic ЖЧ-2026`нинг 50 нафар энг яхши футболчиси номини эълон қилди 0 14:47Naroditsky Memorial Rapid 2026. Синдаров ва унинг устози Мадаминов финал босқичида! 0 14:19Улуғбек Рашидов уч карра Осиё чемпиони! 0 13:44Нодиржон Мирзаҳмедов Тошкентдаги бокс оқшомида тезкор ғалабага эришди 0 13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди + ВИДЕО 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0

14 may 10:02
Yangiliklar

Futbol

O'zbek futboli afsonasi 77 yoshda!

O'tgan asrning 60-70 yillarida o'zining yorqin o'yinlari bilan millionlab ishqibozlar qalbini zabt etgan mahoratli futbolchilardan biri Birodar Abduraimovdir.

Uning "Paxtakor" safidagi o'yinlarini barcha faxr bilan tilga oladi. Abduraimov familiyasini eshitganda muxlislar ko'z o'ngida golga tashna hujumchi gavdalanadi desak, xato qilmagan bo'lamiz. Bu yil taniqli futbolchi, mahoratli murabbiy Birodar Abduraimov 77 yoshni qarshilaydi. 

Erkin (Birodar) Abduraimov 1943 yilning 14 mayida Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligidan sportga qiziqqan Birodar tengdoshlari bilan mahallada futbol o'ynar, bo'sh vaqt topdi deguncha stadion tomon oshiqardi. Futbol bir nechta sport turiga xos harakatlarni o'zida mujassamlagan murakkab o'yin. Biroq to'p bilan do'stlashgan uddaburon qaxramonimiz erta tongdan maydon bo'ylab yugurib, to'p tepib mashq qilishdan charchamasdi. Harakatlari natijasi o'laroq, 16 yoshida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga kiritildi. Sergey Arutyunov boshchiligidagi bu jamoa CHimkent va Petropavlovskdagi musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan.

Yosh yigit har bir mashg'ulot payti zalda soatlab shug'ullanar, burchak zarbasini qoyilmaqom tarzda tepishni o'zlashtirar, tinkasi qurisa hamki, yana va yana mashq qilaverardi. SHu tarzda Birodar uchun omadli yillar boshlandi. Oldinda uni "Paxtakor" kutardi.

Abduraimov sobiq ittifoqning o'smirlar, olimpiya va milliy terma jamoalari sharafini munosib himoya qilib, olqish olgan. Rio-de-Janeyrodagi afsonaviy "Marakana" arenasida 140 ming tomoshabin shohidligida sobiq ittifoq termasi tarkibida Braziliya termasi ustidan g'alaba qozonilgan uchrashuvda o'ynagan!

1960-74 yillarda "Paxtakor" jamoasining etakchi hujumchisi sifatida ajoyib o'yinlari bilan o'zbek nomini dunyoga tanitdi. Quyida biz sanab o'tadigan faktlar qaxramonimizning chinakam istedod sohibi ekanligini yaqqol ko'rsatib turibdi.

Mamlakat chempionatlarida 425 uchrashuvda ishtirok etgan, shu jumladan, "Paxtakor" tarkibida 358 uchrashuvda qatnashgan. 1968 yili SSSR chempionati oliy ligasida 22 gol, 1972 yili birinchi ligada 34 gol bilan eng sermahsul to'purarga aylangan.

Nufuzli turnirlarda 104 ta gol kiritib, "Grigoriy Fedotov nomidagi to'purarlar klubi" azosiga aylangan. SSSR kubogi finalchisi bo'lgan. 1990 yili O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy unvoni bilan taqdirlangan.

1992 yili bosh murabbiy sifatida Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan O'zbekiston Kubogining birinchi sohibi sifatida tarixga kirgan. 1994 yili Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan XII Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida chempionga aylangan.

Birodar Hasanovich O'zbekiston futbolida o'z o'rniga ega Abduraimovlar sulolasiga asos solgan. To'ng'ich o'g'li Azamat terma jamoamiz tarkibida Osiyo o'yinlari chempioni, bir qator mamlakatlar chempionatlari g'olibi bo'lgan. Yana bir farzandi Jasur Abduraimov endilikda "Paxtakor" jamoasi murabbiylar shtabida ishlamoqda.

Birodar Abduraimov "SHuhrat" medali (1994), "O'zbekiston iftihori" (2003) ko'krak nishoni, "Fidokorona xizmatlari uchun" (2006) ordeni bilan mukofotlangan.

Biz o'zbek futboli afsonasi Birodar Hasanovichni 77 yoshga to'lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz hamda yana ko'p yillar futbolimiz ravnaqiga hissa qo'shib yurishini tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing