So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

20 noy 10:32
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbek shaxmatining hozirgi avlodi barcha davrlardagidan kuchli - jahon chempioni Vladimir Kramnik

Teglar :  Vladimir Kramnik
III Zakovat-Gambit shaxmat turniriga bag'ishlangan brifingda klassik shaxmat bo'yicha jahon chempioni, grossmeyster Vladimir Kramnik o'zbek shaxmatchilari bilan birinchi marta 1992 yilgi shaxmat olimpiadasida uchrashganini esladi.

«O'sha musobaqada Rossiya birinchi o'rinni, O'zbekiston ikkinchi o'rinni egallagan edi. Bu hamma uchun kutilmagan holat bo'lgandi. U erda barcha kuchli jamoalar o'ynashiga qaramasdan yaxshi natija ko'rsatgan. Bu hamma uchun kutilmagan sovg'a bo'lgan. O'zbekiston ajoyib shaxmat ananalariga ega davlat.

Menimcha, hozirgi avlod barcha davrlardagidan kuchli hisoblandi. Oxirgi shaxmat olimpiyasidagi muvaffaqiyatingiz tahsinga sazovor. Bu faqatgina shaxmat uchun emas, butun mamlakat uchun katta voqelik. Men o'zbek shaxmati uchun, yigitlar uchun xursandman. Bu yana ham rivojlanish uchun muhim qadam. Yosh shaxmatchilarga bunday tajribalar kerak, mening o'zim Anatoliy Karpov jahon chempioni bo'lganidan ilhomlanib shaxmatga kirib kelganman», — dedi Vladimir Kramnik.

Jahon chempioni hozirgi avlod o'zbek shaxmatchilari ancha yoshligi va hali bor salohiyatini ko'rsatmaganini takidlagan. 

«Ishonchim komilki, shaxmatchilaringiz kuchli 10 talikda bo'ladi. Hech bo'lmasa, bir nafari jahon chempioni bo'lishidan umidvorman. Bu musobaqada ham 2-3 nafar yosh iqtidorlarni o'zim uchun kashf qildim. Ishonchim komil, ulardan ham shaxmatchilar chiqadi.

O'zbekistonga birinchi marta tashrif buyurishim. Yurtingizda yosh shaxmatchilar uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratib berilganiga guvoh bo'ldim. Menda ajoyib taassurotlar qoldirdi», — dedi grossmeyster.

Uning qo'shimcha qilishicha, o'zbek shaxmati dunyo miqyosida kuchli 5 talikdan joy oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing