So’nggi yangiliklar

14:52Жейк Полнинг ўтказиб юборилган зарба оқибатида жағи синиб кетгани айтилмоқда + ФОТО 0 14:31Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди 0 14:10Қозоғистон боксида допинг можароси: ЖЧ финалчиси дисквалификация қилинди 0 13:49Мужибилло Турсунов WBC Гран-приси финалида жанг қилади 0 13:28Жошуа ва Жейкнинг бугунги жанг учун гонорарлари айтилди 0 13:07"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди + ФОТО 0 12:46"Агар сен чиндан ҳам ёмон бола бўлсанг" — Жейк Пол Тайсон Фюрига "вызов" ташлади 0 12:25Ҳамюртимиз Арман Царукян — Шара Буллет оқшомида жанг қилади (Постер+тўлиқ кард) 0 12:04Яхши янгилик: Ўзбекистон Милан ва Кортина-2026 қишки Олимпиадаси учун навбатдаги йўлланмани қўлга киритди! 0 11:43Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади 0 11:22"Бугун мени дўппослашди" — Жейк Пол Энтони Жошуа билан жангга таъриф берди 0 11:01"Бу энг яхши чиқишим бўлмади" — Энтони Жошуа Жейк Пол билан жанг ҳақида 0 10:40Дана Уайт UFC’нинг бозор нархини айтди 0 10:19Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас 0 09:58Энтони Жошуа - Жейк Пол жанги муддатидан аввал якунига етди 0

21 iyu 18:00
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbek sportini Janubiy Koreya bilan birga yanada rivojlantiramiz: Umid Ahmadjonov mamlakat elchisi bilan muzokara o'tkazdi

Milliy olimpiya qo'mitasi aholining turli qatlami orasida sportni rivojlantirish va Olimpiya sport turlarini ommalashtirishga alohida etibor qaratmoqda.

Bu borada tashkilot etakchi sport mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yib kelmoqda. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida bugun Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Umid Ahmadjonov Koreya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulotda va muhtor elchisi janob Kvon Yon U bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda shuningdek, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi doimiy hamkorlikni yo'lga qo'yish, o'zaro aloqalarni mustahkamlash, sportchi va murabbiylar ishtirokida master-klasslar tashkil qilish va yana boshqa ko'plab masalalarni muhokama qilishdi.

"Koreya Respublikasi futboli bilan yaqin aloqa o'rnatganmiz. O'FAga rais bo'lganimda ham ilk tashrifimni aynan Koreyaga amalga oshirgandim. Uchrashuvda hamkorlik to'g'risida memorandum imzoladik. Ayni paytda oktyabr oyida ikki mamlakat milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilish borasida ish olib borilmoqda. Mamlakatingizda sport juda rivojlangan. SHuning uchun, Sizning yordamingizda boshqa Olimpiya sport turlarini ham o'zaro hamkorlik asosida rivojlantirishni taklif qilardik. Bu borada master-klasslar o'tkazilishini istardik. Bu yil O'zbekiston Milliy universitetida Koreyaning milliy sporti hisoblangan taekvondo kafedrasini ochdik. Bugungi kunda Olimpiya sport turlariga katta etibor qaratganmiz. Sizning yordamingizda Koreya Respublikasi Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik qilishni istaymiz", - dedi Umid Ahmadjonov.


SHuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari uchrashuv chog'ida mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan chiqarilgan qarorga binoan, sportni rivojlantirish eng quyi bo'g'in hisoblangan maktabgacha talim muassasalaridan boshlanayotganliliga alohida urg'u berib o'tdi. Maktabgacha talim vazirligi ham Janubiy Koreya tajribasi asosida, yaqindan hamkorlikda ish olib borayotganini qayd etib o'tdi.

Umid Ahmadjonov o'zaro hamkorlik haqida gapirar ekan, Koreya Respublikasi jahonda etakchi hisoblangan taekvondo WTF, o'q otish, kamondan o'q otish kabi sport turlari bo'yicha hamkorlik qilishdan juda xursand bo'lishini qayd etib o'tdi. SHuningdek, maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarini Janubiy Koreyaga olib borib, u erda turli sport tadbirlarini tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.

Bunga javoban, elchi ushbu uchrashuvdan xursand ekanligini, hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanligini aytib o'tdi.

"Avvalombor, uchrashuv uchun qimmatli vaqtingizni ajratganingizga minnatdorchilik bildiraman", - deya so'z boshladi janob elchi sof o'zbek tilida. Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari etib saylanganingiz bilan tabriklayman. Siz ancha yillardan buyon o'zbek sportini rivoji uchun katta hissa qo'shib kelasiz, bundan xabarimiz bor. Bungacha o'zingiz ishlagan tashkilotlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgansiz. Hozirda janob Mirziyoev tomonidan O'zbekistonda sportni rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Koreya sportiga yuksak baho berib o'tdingiz. Biz bundan judayam xursandmiz. Hozirgi kunda O'zbekiston va Koreya Respublikasi mamlakatlari o'rtasida munosabat juda yaxshi. Kelajakda ham ushbu ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik, jumladan sport yo'nalishida yanada rivojlanishi tarafdorimiz. Riodagi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ayniqsa, Paralimpiyachilarning muvaffaqiyatli ishtirokida sizning hissangiz juda katta deb hisoblaymiz", - dedi elchi Kvon Yon U.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov bir yangilikni malum qildi. AFC Kongressida ko'rilgan masalaga ko'ra, 2030 yilgi JCHni o'tkazish uchun Yaponiya – Koreya Respublikasi - SHimoliy Koreya mamlakatlari musobaqa mezbonligi uchun o'z nomzodlarini taklif qilishgan. Yig'ilishda ushbu g'oya Konfederaciya azolari tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Umid Ahmadjonov O'zbekiston tomoni ham ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini malum qilib o'tdi.


Mehmon suhbat davomida o'zbekistonlik taekvondochilar faoliyatiga ham alohida etibor qaratdi. Sportchilarimizning muhim musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga tilakdosh ekanligini malum qildi. SHuningdek, taekvondoning boshqa yo'nalishlarga qaraganda Koreya Respublikasi milliy sporti, Olimpiya yo'nalishi hisoblangan taekvondo WTFga etiborni yanada kuchaytirish lozimligi haqida gapirib o'tdi. Taekvondoning ushbu yo'nalishini rivojlantirish uchun elchixona o'z yordamini ayamasligini ham qo'shimcha qildi. Bunga javoban Umid Ahmadjonov taekvondo WTFni hattoki maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari orasida ham ommaviylashtirish ishlari amalga oshirilayotgani, qolaversa, ushbu sport turi rivoji yo'lida dam olish kunlari poytaxtimizdagi istirohat bog'larida turli sayllar tashkil etilayotgani haqida gapirdi.

Agar Koreya Respublikasida taekvondo rivojiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan sportchi va murabbiylarni yurtimizga tashrif buyurishida o'zining amaliy yordamini beradigan bo'lsa, ular ishtirokida yurtimizning ko'zga ko'ringan joylarida, jumladan Samarqanddagi "Registon" maydonida turli bayramlar, sport festivallari tashkil qilinishga tayyor ekanligini aytib o'tdi. Janob elchi suhbat davomida Umid Ahmadjonovni kuzda taekvondo bo'yicha o'tkaziladigan "Elchi kubogi" musobaqasiga taklif qildi.

MOQ rahbari esa koreyalik taekondo professorini O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasining vice-prezidenti lavozimiga tayinlash masalasi ko'rib chiqilayotgani haqida ham gapirib o'tdi. Suhbat so'nggida esa fursatdan foydalanib, mehmonni 23 iyun kuni bo'lib o'tadigan "Olimpiya kuni"ga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov ananaga ko'ra O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg'asini topshirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing