So’nggi yangiliklar

09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0

19 iyu 18:21
Yangiliklar

Taekvondo, Parij-2024

O'zbek taekvondosidan ajoyib yangilik: Terma jamoa Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun beshinchi yo'llanmani ham qo'lga kiritdi, Nikita Rafalovich Olimpiadaga boradi!

Taekvondo WT bo'yicha +80 kg vazn toifasida O'zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi Nikita Rafalovich Parij Olimpiadasi licenziyasiga ega chiqdi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasining Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadigan neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro'yxatida taekvondochilar qayd etilmadi. Usi Katta dubulg'a turnirida licenziyalarni qo'lga kiritgan rossiyalik sportchilarning o'rniga, Olimpiya reytingida eng yaxshi o'rinlarni qayd etgan sportchilarga kvota taqsimlab berildi. Bu holatda +80 kg vazn toifasidagi reytingda oltinchi o'rinni qayd etgan hamyurtimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Nikita Rafalovich ham yo'llanmaga ega chiqdi.

Endilikda Parijdagi Olimpiadada taekvondo WT bo'yicha terma jamoamizning besh nafar sportchisi g'oliblik uchun kurash olib boradi.Bu O'zbek taekvondosidagi eng yaxshi natijadir. Boisi, shu paytgacha o'tkazilgan Olimpiya o'yinarida taekvondochilarimiz 4 tadan ziyod yo'llanmaga ega chiqmagan edi.

Parij-2024 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz:

Ulug'bek Rashitov (68 kg)

Jasurbek Jaysunov (80 kg)

Nikita Rafalovich (+80 kg)

Ozoda Sobirjonova (67 kg)

Svetlana Osipova (+67 kg).

Bundan tashqari, sportchilarimiz dunyoning eng kuchli uchta termasi qatorida Olimpiya o'yinlari tarixida ilk bor tashkil etilayotgan ko'rgazmali mikst dasturida ham ishtirok etishini alohida takidlash lozim. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing