27 fev 14:51
Yangiliklar
Tennis
O'zbek tennischilarining bo'lajak raqibi Aleksandr Zverevni mag'lub etdi
Jahonning ettinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev Akapulkodagi musobaqaning ikkinchi davrasida amerikalik Tommi Polga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 28 daqiqa davom etgan o'yinda Pol 6:3, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi u yarim final yo'llanmasi uchun boshqa bir amerikalik tennischi Jon Iznerga qarshi o'yin o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Tommi Pol 6-7 mart kunlari O'zbekistonga qarshi o'tkaziladigan "Devis Kubogi" bahslarida AQSH terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar