So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

03 dek 09:26
Yangiliklar

Tennis

O'zbek tennisi yulduzi Iroda To'laganova jizzaxlik yoshlarga master-klass namoyish etdi + FOTO

O'zbek tennis maktabining yorqin yulduzi, yoshlar o'rtasida nufuzli Uimbldon turniri g'olibasi, hamyurtimiz Iroda To'laganova xizmat safari bilan Jizzax viloyatida bo'lib turibdi.

Dastlab mashhur tennischi, hozirda O'zbekiston tennis federaciyasining bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan I.To'laganova Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji hamda Jizzax viloyati sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida bo'ldi.

Faxriy mehmon har ikki dargohda tennis sporti bo'yicha mavjud kamchiliklar va yutuqlarni o'rganib chiqdi. SHuningdek, Iroda To'laganova Jizzax viloyatida tennis sportini yanada rivojlantirish borasida o'z fikrlarni o'rtaga tashladi. Qolaversa, Jizzaxda yangi tennis korti barpo etish asosiy maqsad etib belgilandi.

Safar davomida I.To'laganovaga jizzaxlik sport mutasaddilari ham hamroh qilishdi. Ular Jizzax shahridagi 29-sonli «Mehribonlik uyi»da ham bo'lib, ushbu maskan tarbiyalanuvchilari uchun «mahorat saboqlari»ni o'tkazdi.

Uchrashuv so'ngida Iroda To'laganova bolajonlar uchun sport anjomlaridan iborat sovg'alar jamlanmasini topshirdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing