18 okt 17:32
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston 14 noyabr kuni BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasida imzolangan memorandum doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha muzokaralarni yakunladi.
O'yin 14 noyabr kuni BAAda o'tkaziladigan bo'ldi. O'yin bo'lib o'tadigan joy va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.
Avvalroq,
O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov BAAga
uyushtirgan rasmiy tashrifi davomida BAA Futbol Uyushmasi vice-prezidenti
Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandum
imzolagan edi.
BAA va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi
o'rtoqlik uchrashuvi O'FF va BAA Futbol uyushmalarining memorandumi doirasida
amalga oshirilayotgan ikkinchi ish hisoblanadi. Bungacha O'zbekiston
Kubogining finalini boshqarish uchun BAAdan Muhammad Abdulla Hasan
boshchiligidagi hakamlar brigadasi taklif qilingan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar