So’nggi yangiliklar

15:09Абдулла Азимов ва яна бошқа спорт гимнастикачиларимиз Льюксембургдаги халқаро мусобақа ғолиб-совриндорлари бўлишди 0 14:48Чарльз Оливейра UFC 317 турнирида Ислам Махачев билан жанг қилиш ниятида 0 14:27Моуриньо Бразилия термаси таклифини рад этди 0 14:16Сардор Худойбердиевда чемпионлик жанги. Бугун саккиз нафар ҳамюртимиз Octagon 71 турнирида жанг қилади 0 13:55Енгил атлетикачиларимиз тарихда илк бор Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринни қўлга киритди 0 13:34Руслан Абдуллаев эртанги жанги олдидан вазн ўлчаш маросимида қатнашди ва рақиби билан юзма-юз келди (ВИДЕО) 0 13:13Ана бўлмасам! Де Брюйне "Ман Сити"да қолишни истаган, лекин раҳбарият бунга қарши 0 12:5235 ёшли Тофиқ Мусаев Бакудаги UFC турнирида жанг қилиши мумкин 0 12:31Нукус шаҳри мезбонлик қилаётган Ўзбекистон Кубогининг илк кунги ғолиблари маълум ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:10Grenke Freestyle Chess Open. Жавоҳир Синдаров юз фоизлик натижа билан пешқадамлар сафида 0 11:49Суперлига. Бугун "Нефтчи" - "Пахтакор" ва яна 2 та ўйин бор 0 11:28Илия Топурия: "Пимблетт Гэтжини осонликча мағлуб этади" 0 11:05Хоккей. Бугун Ўзбекистон - Малайзия учрашуви ўтказилади 0 10:41Россиялик собиқ жаҳон чемпиони профессионал боксдаги фаолиятини якунлади 0 10:20Легионерларимиз. Бугун Шомуродов, Ҳусанов, Раҳмоналиев, Турғунбоев, Эсанов жамоалари ўйнайди 0

29 jan 19:34
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston 2025 yilda shaxmat bo'yicha dunyoda birinchi o'ntalikka kirishni rejalashtirmoqda

Teglar :  SHaxmat
Videokonferenciya tarzida bo'lib o'tgan uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Abduxakimov Samarqand viloyati hokimligidan turib boshqarib bordi.

Yaqinda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish bo'yicha o'ta muhim qaror qabul qilindi.

Ushbu yirik loyiha shaxmatni ommaviy sport turiga aylantirishga qaratilgan bo'lib, unda O'zbekiston shaxmat maktabi poydevorini mustahkamlash va mamlakatni dunyoda etakchilardan biriga aylantirish ko'zda tutilgan.

“SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarorida 2025 yilga qadar erishilishi kerak bo'lgan asosiy vazifalar va maqsadlar belgilangan.

Bugun mazkur qaror ijrosi yuzasidan yosh shaxmatchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Videokonferenciya tarzida bo'lib o'tgan uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Abduxakimov Samarqand viloyati hokimligidan turib boshqarib bordi. Toshkentda tashkil etilgan studiyadan esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masul xodimlari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston shaxmat federaciyasi rahbariyati, taniqli sportchi va trenerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari joy olishdi.

"SHaxmat dunyodagi eng qadimiy sport turlaridan hisoblanadi. Uning Vatani Hindiston deb tan olinsa-da, so'nggi tadqiqotlar shaxmat aslida O'zbekiston zaminida paydo bo'lgan, degan farazni ilgari surmoqda. Mashhur Dalvarzintepa yodgorliklarida olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida eramizdan oldingi 1-2-asrlarga oid shaxmat donalari hamda Samarqanddagi Afrosiyob tepaliklarida o'tkazilgan tadqiqotlarda esa eramizgacha 7-8-asrlarga taalluqli 7ta shaxmat donasi topilganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Ushbu aql-idrok sporti ajdodlarimiz orasida ham keng ommalashgan. Hattoki sohibqiron Amir Temur harbiy yurishlar oldidan bo'lajak jang strategiyalarini aynan shatranj ustida aniqlab olganligi tarixiy manbaalarda yozib qoldirilgan. Ulug' ajdodlar yo'lini munosib davom ettirayotgan bugungi avlod shaxmat olamida O'zbekiston nomini yanada yuqorilarga ko'tarayotganligi ham bejiz emas. Hamyurtlarimiz, jahon chempionlari Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, aka-uka Javohir va Islom Sindorov, Nodirbek Yoqubboev va boshqalarni bugun butun dunyoda yaxshi tanishadi.

“Aql gimnastika”si shaxmat o'sib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkurini o'stirishga xizmat qiladi. Qolaversa, shaxmat kishidan yuksak aql-zakovat, sabr-matonat va iroda talab qiladigan g'oyat murakkab sport turidir. Bir so'z bilan aytganda, shaxmat bilan shug'ullangan inson murakkab vaziyatlarda to'g'ri va oqilona echim topishni o'rganadi”, – dedi videokonferenciyada so'zga chiqqan Aziz Abduhakimov.

SHuningdek, maruzachi o'z nutqida qarorning eng muhim jihatlariga ham to'xtalib o'tdi. Xususan, iqtidorli yosh shaxmatchilarni tanlash va saralash tizimini takomillashtirish, bolalar va kattalar o'rtasida shaxmatni yanada ommalashtirish, bolalar va o'smirlar shaxmat maktablarini tashkil etish masalasiga ham alohida to'xtalib o'tdilar.

“Maktabda shaxmat” loyihasini amalga oshirish Dasturning muhim yo'nalishlaridan biridir. Keyingi o'quv yilidan boshlab shaxmat bo'yicha mashg'ulotlar 150 ta maktabda joriy etiladi. Ushbu maktablar faqat shaxmatga ixtisoslashadi, xuddi bazi maktablar matematika yoki ingliz tiliga ixtisoslashgani kabi. Bolalar hech narsaga muhtoj bo'lmasligi uchun ushbu maktablarga zarur jihozlarni sotib olish uchun davlat byudjetidan 7,5 mlrd so'm ajratilishi belgilangan”, – dedi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, SHaxmatni jadal rivojlantirish bo'yicha respublika kengashi raisi A.Abduhakimov.

Takidlandiki, 2025 yilgacha shaxmatni rivojlantirish bo'yicha davlat dasturida aniq maqsadlar belgilangan. Ushbu dasturning amalga oshirilishi samarasida aholining 3 foizi doimiy ravishda shaxmat bilan shug'ullanadi. Hozir bu ko'rsatkich 0,8 foizni tashkil qilmoqda.

Davlat-xususiy sheriklik asosida 25 ta yangi shaxmat maktablari va klublari tashkil etiladi. Faoliyat yuritayotgan shaxmat bo'limlari soni 20 foizga ko'payadi va ularda tahsil olayotgan bolalarning soni 10 500 nafarni tashkil qiladi.

Va nihoyat, 2025 yilga kelib O'zbekiston Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) reytingining birinchi o'ntaligiga kirishi kerak. Bugungi kunda esa O'zbekiston dunyoning 162 mamlakati orasida 30 – o'rinni egallab turibdi.

Qarorda ko'plab shaxmat musobaqalari o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, unda professionallar va havaskorlar o'z kuchlarini sinab ko'rishlari mumkin. Poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun SHaxmat bo'yicha xalqaro turnir, o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir va XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov sharafiga xalqaro turnir bo'lib o'tadi. Qolaversa, azim Samarqandda “Sohibqiron kubogi”, Xivada “Al-Beruniy”, Buxoro va Termizda “Turizm va shaxmat haftaligi” xalqaro turnirlarini tashkil etish belgilangan.

Videokonferenciyada ko'p karra jahon chempioni, dunyodagi eng yosh xalqaro grossmeysterlardan biri Javohir Sindorov, yana bir jahon chempionati g'olibi Nodirbek Yoqubboev, jahon chempioni Afruza Hamdamova, blic yo'nalishida G'arbiy Osiyo chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoamiz azosi Feruza Qurbonova, haqiqiy shaxmat fidoyisi, Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri Abduvahob Vohidov va boshqalar so'zga chiqib, mazkur qarorning ahamiyati, uning mamlakatda shaxmat sportini rivojlantirish borasida muhim ahamiyat kasb etishini alohida takidlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing