So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

28 dek 12:45
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi faoliyati to'g'risida malumot

Teglar :  CHim ustida xokkey
CHim ustida xokkey O'zbekistonda o'tgan asrning 70 yillaridan buyon rivojlanib kelmoqda.

O'tgan vaqt mobaynida ayollar va erkaklar jamoalari nufuzli Xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalarni ko'rsatib kelmoqdalar.
Xalqaro va Osiyo federaciyasiga 1991 yildan azo bo'lib kirgan.

Hozirda ushbu sport turi bilan Respublikamizning 6 ta hududida - Andijon, Farg'ona, Namangan, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida shug'ullanib kelmoqdalar. Umumiy shug'ullanuvchilar soni 1700 nafardan ziyod. Respublikamizda chim ustida xokkey bo'yicha 70 ziyod murabbiylar faoliyat ko'rsatib keladilar. Ulardan 3 nafari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiylar: Patidinov Oybek, Mamatkazin Rinat, Kozimov  Baxtiyor.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risidagi” PQ-2821-son qaroriga asosan federaciyaga “Xalq banki” va “O'zbekengilsanoat” AJ federaciyaga homiy tashkilot sifatida biriktirildi. Hozirgi kunda “Xalq banki” tomonidan belgilangan homiylik mablag'larini o'z vaqtida tushurib berildi. Tushgan mablag'lar doirasida federaciyaning kalendar rejasi, xarid qilish rejalashtirilgan sport inventarlari va anjomlari ro'yxati va federaciyaning mamuriy va ustav bo'yicha xarajatlar belgilandi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga taqdim etilgan xarajatlar smetasiga asosan mablag'lar tadbirlarni tashkil etish hamda sport tadbirlarida ishtirok etish xarajatlariga, sport inventarlari va anjomlari, ilmiy metodik hamda tibbiy biologik taminoti bo'yicha xarajatlarga, federaciya mamuriy va ustav xarajatlariga  ajratish belgilangan.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan Toshkent shahar, Yashnobod tumani 204-umumiy o'rta talim maktabiga qarashli bo'lgan futbol maydoni federaciyaga o'tkazildi. Bugungi kunda mazkur maydon o'rniga chim ustida xokkey maydoni va qo'shimcha binolar barpo etish maqsadida smeta loyiha ishlari boshlab yuborildi.

2018 yil Argentinada bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiya o'yinlari dasturidan chim ustida xokkey o'rin olgan. 2018 yilning aprel oyida Taylanda qizlar o'rtasida, Omon davlatida o'smirlar o'rtasida ushbu O'OIga licenzion musobaqalar bo'lib o'tadi. Hozirda 2 tarkibda terma jamoalar shakllantirilib yanvar oyidan boshlab Toshkentda, Qozog'istonda va Belorusiyada o'quv mashg'ulot yig'inlari o'tkazish rejalashtirilgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing