So’nggi yangiliklar

17:19Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим" 0 16:58Жошуа — Пол жангига спорт оламининг муносабати: "Қандай ажойиб сценарий" 0 16:37Дияр Нургожайга UFC'да яна бир марта имкон берилади, рақиб маълум! 0 16:16Жейк Пол - Энтони Жошуа жанги зарбалар статистикаси эълон қилинди 0 15:55"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди 0 15:45Шоҳасан ва Бобурнинг ғалабаси, Одилхоннинг мағлубияти ва бошқалар. Octagon 83 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:34Коди Гарбрандт кейинги жангини UFC 326 турнирида ўтказади 0 15:13Пэдди Пимблетт: "Гэтжи билан тик ҳолатда жанг қиламан" 0 14:52Жейк Полнинг ўтказиб юборилган зарба оқибатида жағи синиб кетгани айтилмоқда + ФОТО 0 14:31Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди 0 14:10Қозоғистон боксида допинг можароси: ЖЧ финалчиси дисквалификация қилинди 0 13:49Мужибилло Турсунов WBC Гран-приси финалида жанг қилади 0 13:28Жошуа ва Жейкнинг бугунги жанг учун гонорарлари айтилди 0 13:07"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди + ФОТО 0 12:46"Агар сен чиндан ҳам ёмон бола бўлсанг" — Жошуа Тайсон Фюрига "вызов" ташлади 0

11 avg 11:50
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida bu yildan sirtqi bo'lim ochiladi

Teglar :  Jismoniy tarbiya
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son qarori ijrosini taminlash, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, o'quv jarayonini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining:

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini Toshkent viloyati, CHirchiq shahri, Sportchilar ko'chasi, 19-uy va CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejini Toshkent viloyati, CHirchiq shahri, CHirchiq 50 yillik ko'chasi, 14-uy manziliga joylashtirish;

CHirchiq shahar V.Xaydarov ko'chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bino va inshootlarini hamda istirohat bog'ini O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga berish to'g'risidagi takliflari maqullansin.

2. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bog'liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha komissiya tarkibi (keyingi o'rinlarda Komissiya deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Komissiya o'n kun muddatda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirilishini taminlasin.

3. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017/2018 o'quv yilidan boshlab talimning sirtqi bo'limi tashkil etilishiga rozilik berilsin.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi yangi o'quv yili boshlangunga qadar O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tashkil etiladigan talimning sirtqi shakli bo'yicha o'quv reja va dasturlarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.

4. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olayotgan sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari, terma jamoa azoligiga nomzodlarga ularning xohish-istaklariga ko'ra o'qish muddati hamda kursi saqlangan holda talimning sirtqi shakliga o'tkazishga ruxsat berilsin.

5. O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi o'n kun muddatda:

CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga tegishli CHirchiq shahar, Sportchilar ko'chasi, 19-uyda hamda CHirchiq shahar V.Xaydarov ko'chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bino va inshootlarini hududlari bilan birgalikda hamda istirohat bog'ini bepul operativ boshqarish huquqi asosida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga;

CHirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining Toshkent viloyati, CHirchiq shahri, CHirchiq 50 yillik ko'chasi, 14-uy manzilida joylashgan binolari va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda bepul operativ boshqarish huquqi asosida CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga berilishini taminlasin.

6. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, Toshkent viloyati hokimligi CHirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji faoliyati tugatilishini hamda kollej o'quvchilari va pedagog kadrlarini CHirchiq shahridagi boshqa kasb-hunar kollejlariga yo'nalishlari bo'yicha joylashtirilishini taminlasin.

7. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining asoslangan hisob-kitoblari asosida:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari talim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasi (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi) mablag'lari hisobidan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga berilayotgan obektlarni rekonstrukciya kilish va mukammal tamirlash maqsadida 2017 yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun zarur mablag'larni ajratsin;

2018 yil va keyingi yillar O'zbekiston Respublikasi Investiciya dasturini shakllantirishda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda CHirchiq olimpiya zaxiralari kolleji obektlarini rekonstrukciya qilish, mukammal tamirlash, qo'shimcha bino va inshootlar qurish hamda jihozlash uchun Jamg'armadan mablag'lar ajratilishini nazarda tutsin.

8. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda CHirchiq olimpiya zaxiralari kolleji uchun bino va inshootlarni qurish hamda ularga berilayotgan tegishli binolar va inshootlarni tamirlash va rekonstrukciya qilish bo'yicha:

Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi – buyurtmachi etib;

“O'zshaharsozlikLITI” AJ – bosh loyihachi tashkilot etib;

“Qurilishbirlashmasi” AJ – bosh pudratchi tashkilot etib belgilansin.

9. Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga 2017 yil 15 oktyabrga qadar qurilish va jihozlash ishlarini tugallanishini taminlagan, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda qurilish montaj ishlarini loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.

10. O'zbekistan Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi bilan birgalikda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini elektron talim milliy tarmog'iga ulash choralarini ko'rsin.

11. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Moliya vazirligi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining Toshkent shahridan qatnab ishlovchi professor-o'qituvchilari va xodimlari hamda talabalarni borish-kelishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi R.D.Qurbonov, Oliy va o'rta maxsus talim vaziri I.U.Madjidov va Toshkent viloyati hokimi SH.X.Babaev zimmasiga yuklansin.


O'zbekiston Respublikasi
             Prezidenti                                                                                     SH.Mirziyoev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing